Ko‘p so‘raladigan savollar

Ilovalarga oid savollar
Sertifikatlarning har xil turi bormi?
Ha. Ikki xil sertifikatlar bor: Ishtirokchi sertifikati (IS) va Bitiruvchi sertifikati (BS).
Ikkala xil sertifikatni olish uchun nima qilish kerak?
Ishtirokchi sertifikatini olish uchun, roʻyxatdan oʻtganingizdan keyin 3 oy ichida kursning 1-bosqichini muvaffaqiyatli tamomlashingiz kerak. Ammo, bosqich kontentini tamomlash uchun 2 hafta ham yetarli. Bitiruvchi sertifikatiga ega bo‘lish uchun esa kursning 2-bosqichini roʻyxatdan oʻtgandan keyingi 6 oy mobaynida tamomlashingiz kerak boʻladi. Bu bosqichdagi kontent Sizdan 3 oydan kam muddatni talab qiladi. Bosqichlarni tamomlash toʻgʻrisidagi batafsil ma`lumotlarni kurs sahifasidan olishingiz mumkin.
“Nanodegree” grantiga qabul qilishda qanday talablar qoʻyiladi?
Kursning asosiy bosqichlarini (1–2-bosqichlar) 6 oy ichida toʻliq tamomlagan talabalar yakuniy baholash imtihonlarida qatnashishlari mumkin boʻladi. Yakuniy baholash imtihonlari har 3 oyda bir marotaba boʻlib oʻtadi. Shunga koʻra, yakuniy baholash imtihonida eng yuqori oʻrinlarni egallagan hamda munosib boʻlgan talabalar (roʻyxatdan oʻtgan talabalarning taxminan 0.01% qismi) “Nanodegree” granti uchun saralab olinadi.
Loyiha mobaynida talabalarga qanday yordam beriladi?
Biz bilan bilim olish kursida 1MUC jamiyati forumi orqali Sizni qiziqtirayotgan savollarni boshqa talaba va oʻqituvchilardan soʻrashingiz mumkin. Barcha savollar bilan support@uzbekcoders.uz manziliga murojaat qiling.
Kursni qanday tanlayman?
-Hisobingizga kiring.
-Hisobingizni Udacity hisobingiz bilan bog‘lang.
-Udacity tizimida ro‘yxatdan o‘ting yoki hisobingizga kiring.
-Bir million o‘zbek dasturchilari tashabbusidan trek tanlang.
Yakuniy baholashda qatnashish uchun nima qilishim kerak?
Yakuniy baholashda qatnashish uchun roʻyxatdan oʻtgandan soʻng 6 oy ichida 1- va 2-bosqichlarni tamomlashingiz kerak.
Bosqich deganda nimani nazarda tutyapsiz?
Bosqich – talabaning kurs kontentlari yordamida oʻrgangan amaliy bilimlarini baholovchi testlar yordamida tekshirishdir.
Loyihaga talaba yoki oʻqituvchi boʻlib qoʻshilish uchun nima qilish kerak?
Talabalar ariza topshirishi shart emas. Ular, shunchaki, istalgan kursga ushbu havola orqali roʻyxatdan oʻtishlari kerak boʻladi. Oʻqituvchi boʻlishni xohlovchilar oʻqitishni istagan kursi boʻyicha yetuk bilimga ega ekanliklarini isbotlash uchun ariza topshirishlari lozim. Oʻqituvchilar topshirishi kerak boʻlgan ariza haqida keyinroq ma`lumot berib oʻtamiz.
Biron kursni tamomlab, sertifikat olgan talaba xuddi oʻsha kurs uchun qayta roʻxatdan oʻtishi mumkinmi?
Yoʻq, har bir kursdan faqat bir marta roʻyxatdan oʻtish mumkin, har bir kursning istalgan bosqichi uchun ham faqat bitta sertifikat olish imkoni mavjud.
Sertifikatlar akkreditatsiyadan o‘tkaziladimi va uning yagona kodi yoki seriya raqami boʻladimi?
Udacity hech bir rasmiy institut tomonidan akkreditsiyalanmaydigan xususiy onlayn-ta`lim platformasidir. Biroq, Bir million o‘zbek dasturchilari tashabbusining bosqichlarini tamomlaganlik toʻgʻrisidagi sertifikati Udacity asoschilaridan biri Sebastian Trun tomonidan imzolanadi hamda keyinchalik kimga tegishliligini aniqlashga yordam beradigan yagona kodga ega boʻladi.
Tashabbus qachongacha davom etadi?
Tashabbus loyihasi uzluksiz ravishda davom etib kelmoqda.
“Nanodegree” granti uchun bir necha marta bellashsam boʻladimi?
Talabalarning har bir kursda yakuniy baholash imtihonida qatnashish uchun yagona imkoniyati boʻlganidek, “Nanodegree” grantiga erishish uchun ham yagona imkoniyati boʻladi. Talabalar “Nanodegree” grantiga Bir million o‘zbek dasturchilari tashabbusi doirasidagina munosib topilishi mumkin.
Men sertifikat uchun barcha talablarni bajardim. Sertifikatimni qanday va qachon olaman?
Sizning sertifikatingiz bosqich talablarini bajarishingiz bilan avtomatik tarzda yaratiladi. Kursingizning har bir bosqichi oxirida sertifikatni qanday yuklab olish boʻyicha batafsil koʻrsatmalar olishingiz mumkin.
Tashabbus orqali bittadan koʻp kursga yozilsam boʻladimi?
Ha, talabalar bir vaqtda xohlagan kurslariga yozilishlari mumkin, ammo muvaffaqiyat ehtimolligini oshirish uchun bir vaqtning oʻzida faqat bir kursga yozilishni maslahat beramiz.
Bir vaqtning oʻzida turli kurslarda ham oʻqituvchi, ham talaba sifatida roʻyxatdan oʻtishim mumkinmi?
Biron bir kurs doirasida yetarli bilimga ega ekanligingizga ishonsangiz va boshqa kursni oʻrganish bilan bir qatorda boshqalarga yordam bermoqchi boʻlsangiz, oʻqituvchi sifatida roʻyxatdan oʻtishingiz mumkin.
Karyera uchun qandaydir koʻmak berasizmi?
Udacity Bir million o‘zbek dasturchilari tashabbusi doirasida karyera uchun toʻgʻridan-toʻgʻri koʻmak bermaydi.
Ushbu loyiha meni karyeramni boshlashim uchun yetarli koʻnikmalar bilan ta`minlaydimi?
Bir million o‘zbek dasturchilari kurslari raqamli savodxonlik va tegishli fanlar boʻyicha asosiy koʻnikmalar bilan umumiy tanishishni ta`minlovchi kirish kurslaridir. “Nanodegree” dasturida tahsil olayotgan, yuqori potentsialni namoyish etgan boshlangʻich kurs bitiruvchilari barqaror kelajakka ega boʻlish uchun oʻz sohalarini chuqurroq oʻrganishlari mumkin.
Texnik yordamni qayerdan olsam boʻladi?
Texnik yordamni 1MUC jamiyatidan yoki yordam guruhining elektron pochta manzili (support@uzbekcoders.uz)dan soʻrashingiz mumkin.
Agar men “Nanodegree” grantini yutib olsam, undan qachon foydalanishim mumkin?
“Nanodegree” grantini olgan talabalar grant dasturi boshlanishidan oldin barcha ma`lumotlarni elektron pochta orqali qabul qilib oladilar.
Kursni tugatishning aniq muddati bormi?
1-bosqich: Atigi 2 hafta kerak boʻladi. Ammo darslarni tayyorlash uchun vaqtingiz oz boʻlsa, uni 3 oy ichida tamomlashingiz mumkin. 2-bosqich: 1-bosqich tugatishingiz bilan boshlay olasiz va 10-12 hafta ichida tugatishingiz mumkin. Ammo koʻproq vaqt kerak boʻlsa, yana 3 oy vaqtingiz boʻladi. (Kursning toʻliq kontentini tamomlash uchun Sizga roʻyxatdan oʻtgan birinchi kuningizdan boshlab toʻliq 6 oy muddat beriladi.)
Oʻqituvchilar qaysi mezonlarga koʻra sertifikat oladilar?
Loyihada sertifikat olish uchun oʻqituvchilar toʻliq 3 oy davomida 1MUC jamiyatida doimiy ravishda faol boʻlishlari kerak. “Doimiy ravishda faol” tushunchasi oʻz ichiga quyidagilarni oladi, lekin bu bilan cheklanib ham qolmaydi: - Jamiyat platformasidagi savollarga aniq javob berish (mavzular va postlar) - Berilgan javoblar uchun koʻp miqdordagi minnatdorchiliklar olish (ijobiy fikrlar) - ommaviy tadbirlarda ishtirok etish (masalan, 1MUC muzokaralari, seminarlar va hokazo).
Yakuniy baholash imtihoni qancha vaqt davom etadi va uni qancha vaqt topshirish mumkin boʻladi?
Yakuniy baholash imtihonini oʻtkazish boʻyicha batafsil ma`lumotlar va tavsiyalar talabalarga yakuniy baholash sanasidan oldin beriladi.
Mening ismim sertifikatda qanday yoziladi?
Sertifikatlar sizning kursingizda koʻrsatilgan ismlar asosida beriladi, agar xohlasangiz, Kurs sozlamalari sahifasida ismingizni oʻzgartirishingiz mumkin. Iltimos, ekranda koʻrsatilayotgan ism va familiya sertifikatda koʻrsatmoqchi boʻlgan ism va familiya ekanligiga ishonch hosil qiling. Sertifikat uchun koʻrsatilgan ism va familiyangizni bitiruvdan keyin oʻzgartirib boʻlmaydi.
Kursni mobil telefonim orqali oʻrgansam boʻladimi?
Ha, kursni mobil veb-brauzeringizdan https://classroom.udacity.com saytiga kirib oʻrganishingiz mumkin.
O‘zbek tilida kurslar bormi?
O‘zbek tilidagi One million o‘zbek dasturchilari tashabbusi doirasidagi kurslar quyidagi koʻrinishda mavjud:
- Kurs videolavhalari o‘zbek tilida subtitrlarga ega boʻladi
- Dars matni va testlar o‘zbek tilida mavjud. Buning uchun, shunchaki hisobingiz tilini o‘zbekchaga almashtirishingiz kerak. Siz til sozlamalarini Udacity Classroom sozlamalaridagi bosh sahifangizning pastki qismida topishingiz mumkin. (Hisobingiz tilini oʻzgartirish uchun ish stolining veb-versiyasidan foydalaning)
- Onlayn-jamiyat platformasi ingliz va o‘zbek tillarida faoliyat olib boradi.
O‘zbek subtitrlarini qanday almashtiraman/yoqaman?
Subtitrlarni yoqish yoʻli quyidagicha::
1- Sozlamalarga oʻtish uchun video-playerning pastki oʻng burchagidagi sozlash belgisini bosing.
2- "Subtitles/CC" yonidagi roʻyxat oynasini kengaytiring.
3- Oʻzingiz xohlagan tilni tanlang.
Men bilan qanday bogʻlanasiz?
Biz Siz bilan elektron pochta orqali bogʻlanamiz. Shu sababli, elektron pochta manzilingizni tez-tez tekshirib turing va tashabbusning barcha bosqichlarida faqat bitta elektron pochta manzilidan foydalaning. Har ehtimolga qarshi, bizdan kelgan xabarlar spam jildiga kelib tushmaganligini tekshirib turing.
Roʻyxatdan oʻtish uchun foydalangan elektron pochta manzilimni oʻzgartira olamanmi?
Grantni olish huquqini saqlab qolish uchun Siz Bir million oʻzbek dasturchilari tashabbusi doirasida roʻyxatdan oʻtgan elektron pochta manzilingizni kurs davomida oʻzgartirmay saqlashingiz kerak.
Dasturni oʻqituvchi sifatida yakunlagan holda nimaga ega boʻlaman?
Oʻqituvchi/mentorlar har yil yakunida E`tirof sertifikati bilan taqdirlanadi. Salohiyati va talabalarni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha faoliyati asosida eng yaxshi mentorlar sovrinlarga ega boʻladilar.
Kurslar bepulmi?
Ha, loyiha doirasidagi barcha kurslar va imtihonlar mutlaqo bepuldir.