KO‘P SO‘RALADIGAN SAVOLLAR

Ilovalarga Oid Savollar

Ha. Ikki xil sertifikatlar bor: Ishtirokchi sertifikati (IS) va Bitiruvchi sertifikati (BS).

Ishtirokchi sertifikatini olish uchun, roʻyxatdan oʻtganingizdan keyin 3 oy ichida kursning 1-bosqichini muvaffaqiyatli tamomlashingiz kerak. Ammo, bosqich kontentini tamomlash uchun 2 hafta ham yetarli. Bitiruvchi sertifikatiga ega bo‘lish uchun esa kursning 2-bosqichini roʻyxatdan oʻtgandan keyingi 6 oy mobaynida tamomlashingiz kerak boʻladi. Bu bosqichdagi kontent Sizdan 3 oydan kam muddatni talab qiladi. Bosqichlarni tamomlash toʻgʻrisidagi batafsil ma`lumotlarni kurs sahifasidan olishingiz mumkin.

Kursning asosiy bosqichlarini (1–2-bosqichlar) 6 oy ichida toʻliq tamomlagan talabalar yakuniy baholash imtihonlarida qatnashishlari mumkin boʻladi. Yakuniy baholash imtihonlari har 3 oyda bir marotaba boʻlib oʻtadi. Shunga koʻra, yakuniy baholash imtihonida eng yuqori oʻrinlarni egallagan hamda munosib boʻlgan talabalar (roʻyxatdan oʻtgan talabalarning taxminan 0.01% qismi) “Nanodegree” granti uchun saralab olinadi.

Biz bilan bilim olish kursida 1MUC jamiyati forumi orqali Sizni qiziqtirayotgan savollarni boshqa talaba va oʻqituvchilardan soʻrashingiz mumkin. Barcha savollar bilan [email protected] manziliga murojaat qiling.

-Hisobingizga kiring.
-Hisobingizni Udacity hisobingiz bilan bog‘lang.
-Udacity tizimida ro‘yxatdan o‘ting yoki hisobingizga kiring.
-Bir million o‘zbek dasturchilari tashabbusidan trek tanlang.

Yakuniy baholashda qatnashish uchun roʻyxatdan oʻtgandan soʻng 6 oy ichida 1- va 2-bosqichlarni tamomlashingiz kerak.

Bosqich – talabaning kurs kontentlari yordamida oʻrgangan amaliy bilimlarini baholovchi testlar yordamida tekshirishdir.

Talabalar ariza topshirishi shart emas. Ular, shunchaki, istalgan kursga ushbu havola orqali roʻyxatdan oʻtishlari kerak boʻladi. Oʻqituvchi boʻlishni xohlovchilar oʻqitishni istagan kursi boʻyicha yetuk bilimga ega ekanliklarini isbotlash uchun ariza topshirishlari lozim. Oʻqituvchilar topshirishi kerak boʻlgan ariza haqida keyinroq ma`lumot berib oʻtamiz.

Yoʻq, har bir kursdan faqat bir marta roʻyxatdan oʻtish mumkin, har bir kursning istalgan bosqichi uchun ham faqat bitta sertifikat olish imkoni mavjud.

Udacity hech bir rasmiy institut tomonidan akkreditsiyalanmaydigan xususiy onlayn-ta`lim platformasidir. Biroq, Bir million o‘zbek dasturchilari tashabbusining bosqichlarini tamomlaganlik toʻgʻrisidagi sertifikati Udacity asoschilaridan biri Sebastian Trun tomonidan imzolanadi hamda keyinchalik kimga tegishliligini aniqlashga yordam beradigan yagona kodga ega boʻladi.

Tashabbus loyihasi uzluksiz ravishda davom etib kelmoqda.

Talabalarning har bir kursda yakuniy baholash imtihonida qatnashish uchun yagona imkoniyati boʻlganidek, “Nanodegree” grantiga erishish uchun ham yagona imkoniyati boʻladi. Talabalar “Nanodegree” grantiga Bir million o‘zbek dasturchilari tashabbusi doirasidagina munosib topilishi mumkin.

Sizning sertifikatingiz bosqich talablarini bajarishingiz bilan avtomatik tarzda yaratiladi. Kursingizning har bir bosqichi oxirida sertifikatni qanday yuklab olish boʻyicha batafsil koʻrsatmalar olishingiz mumkin.

Ha, talabalar bir vaqtda xohlagan kurslariga yozilishlari mumkin, ammo muvaffaqiyat ehtimolligini oshirish uchun bir vaqtning oʻzida faqat bir kursga yozilishni maslahat beramiz.

Biron bir kurs doirasida yetarli bilimga ega ekanligingizga ishonsangiz va boshqa kursni oʻrganish bilan bir qatorda boshqalarga yordam bermoqchi boʻlsangiz, oʻqituvchi sifatida roʻyxatdan oʻtishingiz mumkin.

Udacity Bir million o‘zbek dasturchilari tashabbusi doirasida karyera uchun toʻgʻridan-toʻgʻri koʻmak bermaydi.

Bir million o‘zbek dasturchilari kurslari raqamli savodxonlik va tegishli fanlar boʻyicha asosiy koʻnikmalar bilan umumiy tanishishni ta`minlovchi kirish kurslaridir. “Nanodegree” dasturida tahsil olayotgan, yuqori potentsialni namoyish etgan boshlangʻich kurs bitiruvchilari barqaror kelajakka ega boʻlish uchun oʻz sohalarini chuqurroq oʻrganishlari mumkin.

Texnik yordamni 1MUC jamiyatidan yoki yordam guruhining elektron pochta manzili ([email protected])dan soʻrashingiz mumkin.

“Nanodegree” grantini olgan talabalar grant dasturi boshlanishidan oldin barcha ma`lumotlarni elektron pochta orqali qabul qilib oladilar.

1-bosqich: Atigi 2 hafta kerak boʻladi. Ammo darslarni tayyorlash uchun vaqtingiz oz boʻlsa, uni 3 oy ichida tamomlashingiz mumkin. 2-bosqich: 1-bosqich tugatishingiz bilan boshlay olasiz va 10-12 hafta ichida tugatishingiz mumkin. Ammo koʻproq vaqt kerak boʻlsa, yana 3 oy vaqtingiz boʻladi. (Kursning toʻliq kontentini tamomlash uchun Sizga roʻyxatdan oʻtgan birinchi kuningizdan boshlab toʻliq 6 oy muddat beriladi.)

Loyihada sertifikat olish uchun oʻqituvchilar toʻliq 3 oy davomida 1MUC jamiyatida doimiy ravishda faol boʻlishlari kerak. “Doimiy ravishda faol” tushunchasi oʻz ichiga quyidagilarni oladi, lekin bu bilan cheklanib ham qolmaydi: – Jamiyat platformasidagi savollarga aniq javob berish (mavzular va postlar) – Berilgan javoblar uchun koʻp miqdordagi minnatdorchiliklar olish (ijobiy fikrlar) – ommaviy tadbirlarda ishtirok etish (masalan, 1MUC muzokaralari, seminarlar va hokazo).

Yakuniy baholash imtihonini oʻtkazish boʻyicha batafsil ma`lumotlar va tavsiyalar talabalarga yakuniy baholash sanasidan oldin beriladi.

Sertifikatlar sizning kursingizda koʻrsatilgan ismlar asosida beriladi, agar xohlasangiz, Kurs sozlamalari sahifasida ismingizni oʻzgartirishingiz mumkin. Iltimos, ekranda koʻrsatilayotgan ism va familiya sertifikatda koʻrsatmoqchi boʻlgan ism va familiya ekanligiga ishonch hosil qiling. Sertifikat uchun koʻrsatilgan ism va familiyangizni bitiruvdan keyin oʻzgartirib boʻlmaydi.

Ha, kursni mobil veb-brauzeringizdan https://classroom.udacity.com saytiga kirib oʻrganishingiz mumkin.

O‘zbek tilidagi One million o‘zbek dasturchilari tashabbusi doirasidagi kurslar quyidagi koʻrinishda mavjud:
– Kurs videolavhalari o‘zbek tilida subtitrlarga ega boʻladi
– Dars matni va testlar o‘zbek tilida mavjud. Buning uchun, shunchaki hisobingiz tilini o‘zbekchaga almashtirishingiz kerak. Siz til sozlamalarini Udacity Classroom sozlamalaridagi bosh sahifangizning pastki qismida topishingiz mumkin. (Hisobingiz tilini oʻzgartirish uchun ish stolining veb-versiyasidan foydalaning)
– Onlayn-jamiyat platformasi ingliz va o‘zbek tillarida faoliyat olib boradi.

Subtitrlarni yoqish yoʻli quyidagicha::
1- Sozlamalarga oʻtish uchun video-playerning pastki oʻng burchagidagi sozlash belgisini bosing.
2- “Subtitles/CC” yonidagi roʻyxat oynasini kengaytiring.
3- Oʻzingiz xohlagan tilni tanlang.

Biz Siz bilan elektron pochta orqali bogʻlanamiz. Shu sababli, elektron pochta manzilingizni tez-tez tekshirib turing va tashabbusning barcha bosqichlarida faqat bitta elektron pochta manzilidan foydalaning. Har ehtimolga qarshi, bizdan kelgan xabarlar spam jildiga kelib tushmaganligini tekshirib turing.

Grantni olish huquqini saqlab qolish uchun Siz Bir million oʻzbek dasturchilari tashabbusi doirasida roʻyxatdan oʻtgan elektron pochta manzilingizni kurs davomida oʻzgartirmay saqlashingiz kerak.

Oʻqituvchi/mentorlar har yil yakunida E`tirof sertifikati bilan taqdirlanadi. Salohiyati va talabalarni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha faoliyati asosida eng yaxshi mentorlar sovrinlarga ega boʻladilar.

Ha, loyiha doirasidagi barcha kurslar va imtihonlar mutlaqo bepuldir.